Toshkentda o‘zbek-tatar biznes-forumi bo‘lib o‘tdi
2022-yilning 12-aprel kuni “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida O‘zbekiston-Tatar biznes-forumi va ikki davlat ishbilarmon doiralari o‘rtasida B2B formatidagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston ishbilarmon doiralarining 100 dan ortiq vakillari va Tatar Respublikasining 50 ga yaqin ishbilarmonlari ishtirok etdi. Unda O‘zbekiston tomonidan ham qator sanoat birlashmalari vakillari ishtirok etdi.
Ta’kidlash joizki, Tatariston Respublikasi delegatsiyasi tarkibida Tataristonning yetakchi korxonalari tadbirkorlari bor edi, asosiy e’tibor O‘zbekiston korxonalari bilan uzoq muddatli va samarali hamkorlik qilishga qaratildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qilish, shuningdek, tadbirkorlarga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.
Tadbir davomida B2B formatidagi uchrashuvlar ham bo‘lib o‘tdi, unda tadbirkorlar hamkorlarga o‘z mahsulot va xizmatlarini namoyish etdi, shuningdek, eksport salohiyati va hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdi.