TXMM loyihasini tayyorlash bo'yicha muhokamalarning ikkinchi kuni
Bugun, 8-iyul kuni "Toshkentda xalqaro moliya markazini tashkil etish: rivojlanish modeli va faoliyatning asosiy yo'nalishlari" mavzusida strategik sessiyaning ikkinchi kuni bo'lib o'tdi.
O'zbekiston ekspertlari xalqaro ekspertlar bilan birgalikda "TXMM ixtisosligi", "Soliq rejimi", "Huquqiy rejim", "TXMM faoliyatining ta'sirini baholash" mavzularida muhokamalar bo'lib o'tdi va kun yakunida strategik sessiya natijalarini rasmiy umumlashtirish jarayoni tashkil etildi.
2022-2026 yillarda yangi O'zbekistonni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish jarayonida moliya sektorining faol ishtirokini nazarda tutadi: moliya sektori strategiyaning barcha 7 yo'nalishida ishtirok etadi; 100 ta umummilliy maqsadlardan 39tasiga erishishga hissa qo'shishi mumkin.
Strategiyada ta'kidlanganidek, xususiylashtirish keng miqyosli bo'lib, milliy moliya sektorining raqobatbardosh rivojlanish darajasi sharoitida muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin.
Bugun strategik sessiyada video-konferensiya orqali xalqaro vakillar so'zga chiqdilar: Meyer Fruher - NASDAQ vitse-prezidenti; Epaminond Metaxas-Rich Reach Corporation kompaniyasining ijro direktori, 1996 yildan 2017 yilgacha Kipr fond birjasi boshqaruvi raisi; Maykl Vardl - z/Yen Group Limited indekslar bo'limi boshlig'i; Youssef Kassis- Yevropa universitetida iqtisodiy tarix bo'yicha faxriy professor.