April 27, 2022

Markaziy Osiyo metall bozori - xalqaro konferensiyasi natijalari

Xabar berganimizdek, bugun “Markaziy Osiyo metall bozori” xalqaro konferensiyasi bo'lib o'tdi va unda metallurgiya, metall savdo va sanoat kompaniyalarining 100 ga yaqin vakillari ishtirok etishdi.

Birinchi sessiya doirasida jahon va Markaziy Osiyo mamlakatlarida, xususan, metallurgiyani rivojlantirish tendentsiyalari ko‘rib chiqildi, 2022-2023-yillar davomida sifati yuqori bo’lgan metall mahsulotlarini ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishning muhim tamoyillari muhokama etildi.

Shuningdek, konferensiya ishtirokchilari Markaziy Osiyoda metall bozorini rivojlantirishning joriy tendentsiyalari va istiqbollarini hamda metallurgiya, metall savdosi va metallni qayta ishlash sohasidagi investitsiya loyihalarini muhokama qildilar.

Tadbirning yakuniy qismi Rossiya metallurgiya va metall savdo kompaniyalarining Markaziy Osiyo bozori uchun imkoniyatlariga bag‘ishlandi.

O'zmetallsavdo vakili Dilshod Alijonov ombor savdosining rivojlanishi haqida so'zlab berdi. "O'ZMETALLSAVDO" AJ yuklarni mas'uliyatli saqlash, bojxona omboriga joylashtirish va turli yuklarni rasmiylashtirish bo'yicha xizmatlar ko'rsatadi. Metall bazalar hududida eksport va import uchun ishlaydigan ikkita ochiq va yopiq turdagi bojxona omborlari mavjud. Omborlar umumiy maydoni (ochiq va yopiq turi) 150 000 kvadrat metrdan ortiq " - deya ta'kidladi.