March 23, 2022

TIIF-2022 boshlanishiga bag‘ishlangan matbuot anjumani

Avval xabar berganimizdek, bugun Toshkent xalaqaro investitsiya forumi arafasida qator ommaviy axborot vositalari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.

Tadbirda Bosh vazir o'rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzakov va investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o'rinbosari A. Voitovlar so'zga chiqdilar.

Ta'kidlash joizki, forum mamlakatimizning qator sohalari uchun keng imkoniyatlar yaratishi kutilmoqda, jumladan:

- Mamlakat ishbilarmonlik muhitining yangi tendensiyalarini oʻrganish, Oʻzbekiston tadbirkorlarining keyingi avlodini shakllantirish va rivojlantirishda faol ishtirok etishga koʻmaklashish;

- Mintaqaviy tashabbuslar, shu jumladan Yevrosiyo savdo yoʻllari infratuzilmasini rivojlantirish loyihalari asosida logistika infratuzilmasini keng koʻlamli qurishdan foyda keltiradigan aniq loyihalarni aniqlash va amalga oshirish;

- Iqtisodiyotni erkinlashtirish davlat dasturi haqida toʻliq tasavvurga ega boʻlish;

- Asosiy toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish loyihalari va xususiylashtirish chora-tadbirlarini chuqurlashtirish;

- Mamlakatning va qoʻshni mintaqalarning biznes vakillari, moliyaviy va hukumat tuzilmalari bilan aloqalarni oʻrnatish;

- Markaziy Osiyo bozorlariga kirish uchun boshlangʻich nuqtaga aylanish.