Webster universitetining Toshkent filialida “Karyera yarmarkasi 2022” bo‘lib o‘tdi
2022-yilning 19-aprel kuni Toshkent shahridagi Vebster universitetida 80 dan ortiq kompaniya va tashkilotlar ishtirok etgan “Career Fair 2022” (karyera kuni – bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi) o‘tkazildi.
Ishtirokchi tashkilotlar yarim kunlik ish, haq to'lanadigan va to'lanmaydigan stajirovkalar va ko'ngilli lavozimlarni taklif qilishdi.
Websterning ilk keng ko'lamli mehnat yarmarkasi bakalavrlar uchun birinchi ish yoki amaliyot o’rnini topish uchun eng yaxshi imkoniyat. Yarmarkada bank, moliya, konsalting, ishlab chiqarish, qurilish, avtomobilsozlik, mehmondo‘stlik, chakana savdo, ta’lim va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha milliy va xalqaro tashkilotlar hamda vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari ham ishtirok etdi.
Yarmarkani Ma’naviyat va ma’rifat markazi direktori Laziz Mingishev ochib berdi. Uning nutqidan so‘ng Toshkent shahridagi Webster universiteti rektori vazifasini bajaruvchi Slobodan Pesich va Toshkent shahridagi Webster universiteti Ta’lim dasturlarini amalga oshirish markazi ijrochi direktori Rasul Rahmonovlar tabrik so‘zlari bilan davom etdilar.
WUT Karyera Yarmarkasiga tashrif buyurgan bakalavrlar, shuningdek, HR mutaxassislaridan o‘z rezyumelari bo‘yicha fikr-mulohazalarini olishlari, intervyu olish ko‘nikmalari bo‘yicha maslahat olishlari hamda bandlik va karyera bilan bog‘liq boshqa savollariga javob olishlari mumkin bo’ldi.