"Zamonaviy trener dasturi" trening mashg'ulotlari
Bugun 7-fevral kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi qoshidagi Pedagogik mahorat va baholash markazi tomonidan pedagog kadrlar uchun "Zamonaviy trener dasturi" trening mashg'ulotlari boshlandi. Mazkur treninglardan ko'zlangan maqsad Agentlik tizimida o'qituvchilar zaxirasini shakllantirishdan iborat.
Agentlik tasarrufidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, shuningdek Xalq ta'limi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning pedagog xodimlar uchun xorijiy va mahalliy trenerlar tomonidan trening va amaliy mashg'ulotlar o'tildi.
Tadbir avvalida Agentlik rahbari tomonidan trening haftaligi ochib berildi. Shundan so'ng xorijlik va mahalliy trenerlar tomonidan "Zamonaviy ta'lim nazariyalari: bixeviorizm, kognetivizm va ijtimoiy konstruktivizm" va "Singapur metodikalarini darslarda qo'llash" mavzularida ilk trening mashg'uloti o'tildi. Trening so'nggida Agentlik mutaxassisi tomonidan amaliy mashg'ulot bo'lib o'tdi.
Treninglar davomida ishtirokchilar o'qituvchilik faoliyatidan farqli ravishta yoshi katta auditoriya bilan ishlash ko'nikmasi, fasilitatorlik mahorati, kichik guruhlarda dars o'tish mahorati, feedback berish, ishtirokchilar bilan ijobiy muhit yaratish ko'nikmalari bo'yicha dars oldilar.