March 24, 2022

Toshkent xalqaro investitsiya forumining birinchi kuni tahlili

24 mart kuni birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumiga start berildi. Kunning birinchi yarmida forumni Prezident Shavkat Mirziyoyev ochib berdi. Forum o‘z maydonida 1,5 mingdan ortiq yirik investor va 56 mamlakatdan oliy darajadagi mehmonlarni birlashtirgan bo’lib keng miqyosdagi ilk tadbir hisoblanadi.

Ishbilarmonlik dasturi O‘zbekiston va mintaqa mamlakatlarining investitsiya, savdo, sanoat va transport-tranzit salohiyati oshkor etilgan panelli sessiyalar, mavzuli munozaralar va davra suhbatlari bilan to‘la bo‘lib, unda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha keyingi qadamlar e’lon qilindi, mamlakatning strategik rivojlanishi, xususiy sektorni rag‘batlantirish, xalqaro aloqalarni mustahkamlash va boshqa yo‘nalishlarda hukumatning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi.

Ushbu ustuvor vazifalaridan biri — jahon ishbilarmonlar jamiyatiga milliy sayyohlik sektorining ta’sirchan istiqbollari va imkoniyatlarini xorij investorlari uchun ustuvor yo‘nalish sifatida ochib berishdan iborat.

Forum doirasida davlatimiz rahbari qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.

Shuningdek, Prezident Surxondaryo viloyati Angor tumanida quvvati 1560 megavattli yangi issiqlik elektr stansiyasi qurilishini boshlash marosimida ishtirok etdi 1,2 mlrd dollarlik loyiha natijasida 1 560 megavatt quvvatli elektrstansiya quriladi va unda 12 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi – bu so‘nggi yillarda O‘zbekistonda qurilgan elektrstansiyalar ichida eng yirigi bo‘ladi.