December 28, 2022

Oliy Majlis Senatining oʼttiz oltinchi yalpi majlisi

27-dekabr kuni, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʼttiz oltinchi yalpi majlisi oʼz ishini boshladi. Yalpi majlisda Senat, hukumat aʼzolari, vazirlik va idoralarning vakillari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

Oʼttiz oltinchi yalpi majlisida senatorlar dastlab Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʼzbekiston xalqiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan ustuvor yoʼnalishlarga eʼtibor qaratdilar.

Jumladan, ixcham va samarali davlat boshqaruv tizimini yoʼlga qoʼyish va uning faoliyati natijadorligini taʼminlash vazifalaridan kelib chiqib, Senat qoʼmitalari oʼz faoliyati yoʼnalishida hamkorlik qiluvchi tegishli davlat boshqaruvi organlari bilan oʼzaro aloqa va ishlash uslublarini qaytadan koʼrib chiqish zarurligi taʼkidlandi.

Shuningdek, yalpi majlis doirasida “2023-yil uchun Oʼzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʼgʼrisida”gi qonun ko’rib chiqilib ma’qullandi. Qayd etilishicha, 2023-yilgi Davlat budjeti xarajatlari (davlat maqsadli jamgʼarmalariga ajratiladigan transfertlar bilan birga) 257,7 trln soʼmni, yalpi ichki mahsulotga nisbatan 24,1 foizni tashkil qilmoqda.

Bundan tashqari “2022-yil uchun Oʼzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuniga oʼzgartishlar kiritish haqida”gi, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʼgʼrisida”gi, “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish toʼgʼrisida”gi va “Аlkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʼgʼrisida”gi, "Texnik jihatdan tartibga solish to'g'risida"gi qonunlar ko’rib chiqildi.

Shuningdek, "Oʼzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati oʼrtasida mahkumlarni topshirish toʼgʼrisidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonun ham ma'qullandi.

Ma’lumot o’rnida qayd etish joizki yalpi majlis 27 va 28-dekabr kunlari o’tkaziladi. Shuningdek, yalpi majlis doirasida Oliy Majlis Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash ham nazarda tutilgan.