O'zbekiston imidjini rivojlantirish yo'lidagi hamkorlik
Avval xabar qilinganidek, O'zbekiston Respublikasining strategik rivojlanish agentligi va Bright Uzbekistan xalqaro loyihasi o'rtasida hamkorlik bitimi imzolandi, uning doirasida Bright Uzbekistan loyihasini, O'zbekistonning ijobiy imidji va investitsion jozibadorligini rivojlantirish ko'zda tutilgan.
Marosimda O'zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o'rinbosari, O'zbekiston Respublikasi strategik rivojlanish agentligi direktori Laziz Qudratov va Bright Uzbekistan xalqaro loyihasi asoschisi Davron Abdullaev ishtirok etdi.
Tomonlar o'zaro hamkorlik bosqichlarini, rivojlanish strategiyasini muhokama qildilar va keyingi qadamlarning yo'l xaritasini tuzib oldilar. Shuningdek, Media-Hub loyihasi rejasi muhokama qilindi. Ushbu loyiha, media segmentining 4 ta muhim yo'nalishini o'z ichiga oladi va davlatimiz axborot-kommunikatsiya muhitini rivojlantirish yo'lida xizmat qiladi.