June 2, 2022

Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibining O'zbekistonga tashrifi

Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Bag’dod Amreyev mamlakatimizga tashrifi doirasida O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligi hamda Qishloq xo’jaligi vazirligida bo’ldi.

Tashqi ishlar vazirligida TIV vaziri v.b. Vladimir Norov bilan o’tkazilgan uchrashuvda, O‘zbekiston va TDT o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi.

O‘zbekiston bilan Tashkilot o‘rtasidagi iqtisodiy, savdo, transport, bojxona, turizm, huquq-tartibot, madaniy-gumanitar sohalarda ko‘p qirrali munosabatlar jadal rivojlanib borayotgani qayd etildi.

Shuningdek, Qishloq xo’jaligi vaziri Jamshid Xo’jayev bilan o’tkazilgan uchrashuvda esa, qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikning bugungi holati hamda uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinib, bu boradagi qo’shma loyihalarni amalga oshirish borasida muzokaralar o’tkazildi.