April 11, 2022

Shahar hokimi mahallalarni o‘rganish ishlari va sayyor qabullarni davom ettirmoqda

Jahongir Ortiqxo‘jayev boshchiligidagi mutasaddilar Bektemir tumanidagi «Rohat» mahallasining shart-sharoitlari, bu yerda hududni obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash hamda boshqa yo‘nalishlarda olib borilgan ishlar bilan tanishdi.

Aholining turmush tarzi, muammo va murojaatlariga e’tibor qaratildi.

Shu yerning o‘zida Bektemir tumani aholisi uchun sayyor qabul ham tashkil etib, fuqarolar murojaatlarini atroflicha ko‘rib chiqish jarayoni bo'lib o'tdi.