July 20, 2022

Oʼzbekiston–Eron oʼrtasidagi ilmiy-texnikaviy va innovatsion hamkorlik

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 20-iyul kuni Eronning Fan, tadqiqotlar va texnologiyalar vazirligi hamda Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda "Oʼzbekiston-Eron fan va innovatsiya forumi" oʼtkazildi.

Shuningdek, mazkur forum doirasida Innovatsion rivojlanish vazirligi binosining koʼrgazmalar zalida Oʼzbekiston va Eronning innovatsion kompaniyalari va startaplarining mahsulotlari koʼrgazmasi tashkil etildi.

Unda ikki mamlakat korxona va tashkilotlarining innovatsion ishlanma va mahsulotlari namoyish qilindi. Mazkur koʼrgazmada Eron tomonidan tibbiyot, chorvachilik, oziq-ovqat va boshqa turli xil sohalarda faoliyat yurituvchi 35 ta yetakchi innovatsion kompaniyalar oʼzlarining innovatsion mahsulot va loyihalari bilan ishtirok etdilar.

Bundan tashqari, Oʼzbekiston va Eron mamlakatlarining ishbilarmonlari oʼrtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash hamda qishloq xoʼjaligi, chorvachilik, tibbiyot, axborot texnologiyalari va oziq ovqat sanoati kabi yoʼnalishlarda oʼzaro manfaatli aloqalarni yoʼlga qoʼyish maqsadida koʼrgazma doirasida ikki mamlakat ishbilarmon vakillari oʼrtasida “B2B” uchrashuvlar tashkil etildi.