Qo‘qon xonligining Turkiy xalqlar davlatchiligi va madaniy merosini rivojlantirishdagi o‘rni
Avval xabar berganimizdek, Bright Uzbekistan loyihasi a’zolari Qo’qon shahrida bo’lib o’tgan “Qo‘qon xonligining Turkiy xalqlar davlatchiligi va madaniy merosini rivojlantirishdagi o‘rni” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etdilar.
Mazkur konferensiya doirasida Markaziy Osiyoda Turkiy davlatchilikning rivojlanishida Qoʼqon xonligining rolini oʼrganish, bu davrdagi tarixiy voqealar bilan chuqurroq tanishish, shuningdek, xonlikning mintaqadagi xalqaro jarayonlarga taʼsirini aniqlash, madaniy va meʼmoriy merosi bilan tanishish va dunyoga taranum etish singari oliy maqsadlar ilgari surildi.
Shuningdek, mazkur tadbirda, Turizm va madaniy meros vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Farg‘ona viloyati hokimligi, Turkiy davlatlar tashkiloti, TURKSOY, Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Qo‘qon universiteti hamkorligida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, Turkmaniston, Vengriya va boshqa xorijiy davlatlardan hamda O‘zbekistondan 20 nafardan ortiq ma’ruzachi, 30 ga yaqin oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va ekspert hamjamiyatlarining 50 nafardan ortiq vakillar ishtirok etdilar.