July 29, 2022
O'zbekistondagi birinchi ayollar Polo jamoalari
28 iyul kuni "Piramit" majmuasida O'zbekiston Polo Federatsiyasi ot polosi bo'yicha birinchi ikkita ayollar jamoasi – "Barchinoy" va "Bibixonim" taqdimotini o'tkazdi.
Taqdimotda ham davlat tuzilmalari, ham xususiy sektor vakillari ishtirok etdi.
Polo-klublar terma jamoaga faol ravishda a'zolarni jalb qilib, Polo mutaxassislari yordamida ularga ushbu sportning barcha usullarni o'rgatishadi.
Eslatib o'tamiz, ot polosi mamlakatimizda nisbatan yaqinda rivojlana boshladi va O'zbekiston ot Polo Federatsiyasi ham ayollar, ham erkaklar uchun ushbu sportni rivojlantirishga to'liq kirishgan.