May 5, 2022

“Yangi Oʼzbekiston” universitetida qabul jarayonlariga bagʼishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi

Bugun, 5-may kuni Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi “Yangi Oʼzbekiston” universiteti qabul jarayonlariga bagʼishlangan matbuot anjumani boʼlib oʼtdi. Unda Аgentlik rahbari Hilola Umarova, “Yangi Oʼzbekiston” universiteti faxriy rektori Volfang Herrmann va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi. Shuningdek, OАV xodimlari uchun universitet binosi boʼylab press-tur tashkil etildi.

Matbuot anjumanida Аgentlik va universitet rahbariyati tomonidan “Yangi Oʼzbekiston” universitetiga hujjatlar qabuli hamda fakultet va yoʼnalishlarga oid savollarga toʼgʼridan-toʼgʼri javob berildi.

Maʼlumot oʼrnida, Volfgang Herrmann “Yangi Oʼzbekiston” universitetining faxriy rektori boʼlib, u Myunxen Texnika Universiteti (Germaniya) 39-rektori, shuningdek 800 dan ziyod ilmiy maqolalar va 80 ga yaqin patentlar egasi hisoblanadi.

“Yangi Oʼzbekiston” universitetida quyidagi yoʼnalishlarda tahsil olish imkoniyati mavjud:

• Sanoat boshqaruvi
• Dasturiy taʼminot
• Mexanika muhandisligi
• Nano va ilgʼor materiallar muhandisligi
• Kimyo muhandisligi

2021-2022-oʼquv yili davomida “Yangi Oʼzbekiston” universitetida Muhandislik fakulteti tarkibida Kimyo muhandisligi, Mexanika muhandisligi va Dasturiy taʼminot muhandisligi yoʼnalishlari ochilgan.

2022-2023-oʼquv yilida universitetda yana ikkita yoʼnalish - Muhandislik fakulteti tarkibida Nano va ilgʼor materiallar muhandisligi hamda Boshqaruv fakulteti tarkibida Sanoat boshqaruvi yoʼnalishlari tashkil etilmoqda.
Mazkur yoʼnalishlarda yangi oʼquv yilida 300 nafar talaba qabul qilinishi koʼzda tutilgan.

Imtihonlar har bir yoʼnalishlar kesimida matematika, fizika, kimyo, mantiqiy fikrlash kabi fanlardan boʼlib oʼtadi.

“Yangi Oʼzbekiston” universitetiga qabul joriy yilning 25-aprelidan boshlangan boʼlib, 20-iyunga qadar davom etadi.