O'zbekiston va Rossiya qurilish vazirligi delegatsiyalari Koç Construction kompaniyasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
Innoprom ko'rgazma doirasida O'zbekiston Qurilish vazirining o'rinbosari Davron Odilov, Rossiya qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Nikita Stasishin boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida tomonlar Toshkent City majmuasidagi Koç Construction kompaniyasining qurilish maydoniga tashrif buyurishdi.
Xalqaro qurilish maydonida o‘z uslubi va o‘rniga ega bo‘lgan “Koç Construction” ko‘plab qo‘shni davlatlar shu jumladan O‘zbekiston bilan ham hamkorlik yo‘lida ildam qadam tashlab kelmoqda. Buyuk tarix va kreativ kelajak bunyodkori sanalayotgan mazkur kompaniya ayni damda Turkiya, O‘zbekiston va Rossiya davlarlarida o‘z ofislariga ega bo‘lib, Toshkent, Samarqand va Buxorodagi 15 turdagi qurilish ob’ektlarida 3500 dan ortiq xodim bilan o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlab o‘tamiz, O‘zbekistonning “Hampton By Hilton” mehmonxonasi, “Huawei - Toshkentdagi bosh ofisi”, “Seul moon”, “O‘zbekiston Mustaqillik bog‘i” (Yangi O‘zbekiston), “Akfa universiteti” hamda “Prezident maktabi” qurilish loyihalari “Koç Construction” bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.