Ta’lim – mukammal jamiyat poydevoridir!
Bright Uzbekistan loyihasi ta’lim sohasida maxsus reportaj tayyorlash va kuzatuvchilari e’tiboriga manfaatli ma’lumot taqdim etish maqsadida mamlakatimizning “Akfa Universiteti”ga ijodiy tashrif uyushtirdi. Ilk tashrif chog’ida universitetning Muhandiskislik Maktabi dekani, Fizika Matematika fanlari doktori Bahodir Ahmedov loyiha a’zolariga oliygoh haqida ma’lumot berdi.
“Bright Uzbekistan” loyihasining navbatdagi rejalari qatorida Akfa Universitetining turli yo’nalishdagi pedogoglari bilan suhbatlashish va universitet hayoti haqida yanada ko’proq ma’lumotlarni ta’lim sohasiga befarq bo’lmagan kuzatuvchilariga taqdim etish rejalashtirilgan.
Ma’lumot o’rnida:
Akfa Universiteti Vazirlar Mahkamasining 2019-yil, 15-fevraldagi 130-sonli qaroriga asosan tashkil topgan.
Universitet ta’sischisi AkfaMedline tibbiyot muassasasi bo’lib, o’z faoliyatini 2019-yil, oktabr oyida boshlagan va Davolash ishi yo’nalishiga ilk talabalarni qabul qilgan.
Akfa Universitetida ta’lim to’liq ingliz tilida bo’lib,dunyoning yetakchi univesitetlarining o’quv dasturlari asosida talabalarga bilim beriladi.
Yuqori malakali professor-o’qituvchilarni universitetga jalb qilishda va o’quv dasturlari borasida universitet Gachon Universiteti (Koreya), Monash Universiteti (Avstraliya), TED Universiteti ( Turkiya) va boshqa bir qator xorijiy universitetlar bilan hamkorlik qiladi.
Universitet kuchli akademik jamoa tarkibini shakllantirishga alohida ahamiyat qaratadi. Ayni vaqtda 42 nafar xorijlik va mahalliy professor-o’qituvchilar ushbu dargohda ta’lim beradi.
Akfa Universiteti xalqaro akkreditatsiyani qo’lga kiritish va dunyoning Top 1000 talik universitetlar ro’yxatiga kirish ustida astoydil ish olib bormoqda. Universitet ayni damda Times Higher Education (THE) Impact Ranking xalqaro reytingining 1001+ ga kira olgan birinchi xususiy universitetdir.
Hozirga kunda oliygohda 4 ta: Tibbiyot maktabi ( Medical School), Biznes maktabi ( Business School), Muhandislik maktabi (School of Engineering) va Ta’lim maktabi (School of Education) mavjud.
Mazkur universitet zamonaviy va jahon standartlariga to’liq mos keladigan 10.000 talabaga mo’ljallangan kampusga ega bo’lib, unda zamonaviy va eng so’nggi texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan o’quv binolari hamda xonalari, ijtimoiy va sotsial zonalar, sport komplekslari, kafeteriyalar va 3.000 o’rinli talabalar yotoqxonasiga ega.