March 5, 2022

TXVU o'zining 20 yilligini nishonladi

4-mart, juma kuni Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik Katta Teatrida Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti (TXVU) o'zining 20 yilligini nishonladi. Tadbirda 500 dan ortiq mexmonlar teatr xonandalari va sozandalari tomonidan maxsus tashkil etilgan va ijro etilgan noyob mumtoz musiqa dasturidan bahramand bo'lib O'zbekistondagi va Markaziy Osiyodagi birinchi Xalqaro universitet haqida ko'proq ma'lumot olish imkoniga ega bo'ldi.

Tadbirni TXVU rektori Baxrom Mirqosimov ochib berdilar: “Bu universitet tarixidagi va jahon oliy ta'limi yo'lga qo'yilishidagi muhim voqeadir. Bu yil TXVU 20 yoshga to'ldi va biz yangi O'zbekiston taraqqiyotga hissa qo'shadigan yangi bilimlar va yuqori malakali bitiruvchilarni yetishtirishda davom etishdan faxrlanamiz”.

TXVU o'z eshiklarini 2002 - yil yanvar oyida birinchi marotaba 120 talaba uchun ochdi. O'sha davrdan beri universitet katta yutuqlarga erishdi va 2021- o'quv yilida TXVUga 5000 dan ortiq talaba o'qishga qabul qilindi. 2003-yilda TXVU O'zbekistonda birinchi bo'lib Talabalar ittifoqini tuzdi.