June 30, 2022
Bursa Savdo-sanoat palatasi tomonidan B2B formatdagi uchrashuv tashkil etildi
Joriy yilning 30-iyun kuni Hyatt Regency mehmonxonasda Turkiya Respublikasi Bursa Savdo-sanoat palatasi tomonidan B2B formatdagi uchrashuv tashkil etildi.
Ma’lum qilinishicha, turk va o’zbek tadbirkorlari o’rtasida tashkil etilgan mazkur uchrashuv qurilish materiallari, kimyo sanoati hamda bolalar kiyim-kechaklari ishlab chiqaruvchilari va yirik yetkazib beruvchi korxonalar bilan hamkorlik munosabatlarini yo’lga qo’yish imkoniyatini taqdim etadi.