July 19, 2022

Sorena Sattori Ibrohim Abdurahmonov bilan uchrashdi

19 iyul kuni Eron Islom Respublikasi fan va texnologiyalar bo'yicha vitse-prezidenti soren Sattori boshchiligidagi delegatsiyaning O'zbekiston Respublikasiga tashrifi boshlandi. Ushbu tashrif ilm-fan, innovatsiya va texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.

"Inno Technopark" ga tashrif davomida muzokaralar olib borildi. Eron tomoni O'zbekistonning yetakchi universitetlari, ilmiy-tadqiqot institutlari va xususiy sektor vakillarini Eronda o'tkazilayotgan fan va innovatsiyalar sohasidagi xalqaro tadbirlarda ishtirok etishga jalb etishni taklif qildi. Bundan tashqari, farmatsevtika sohasida hamkorlikni kuchaytirishga alohida e'tibor qaratildi.