“BMB TRADE GROUP” 5 yoshda
Bright Uzbekistan xalqaro loyihasi biznes maydonida o’z o’rniga ega bo’lgan va loyihamizning doimiy hamkori sanalgan "BMB TRADE GROUP" kompaniyasining 5 yilligi munosabati bilan samimiy qutlab, kompaniya rivojiga ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
Ma’lumot o’rnida: Ayni vaqtda “BMB Agro Trade” aksiyadorlik jamiyati sho‘ba korxonasi mosh va boshqa dukkaklilar, paxta, g‘alla, sholi, kungaboqar, piyoz, sarimsoq va sabzavot yetishtiruvchi va qayta ishlaydigan zamonaviy agroklasterga aylandi. Dastlab bu mahsulotlar ichki bozorga taqdim etilgan bo‘lsa, keyingi bosqichda korxona qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Qozog‘iston, Rossiya, Xitoy, Afg‘oniston, Qatar va boshqa mamlakatlarga eksport qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Kompaniya 2018-yilda Jizzax viloyatida birinchilardan bo‘lgan paxta klasterlarini yaratish, AQShdan qariyb 350 million dollarlik investitsiyalarni jalb qilish tajribasiga ega bo‘ldi.
Shuningdek, O‘zbekistonda za’faron yetishtirishga ixtisoslashgan Italiyaning “FinOpera” kompaniyasi bilan hamkorlikda 2020-yilda Jizzax viloyati Baxmal tumanida tashkil etilgan “BMB-Opera Zafferano” korxonasi ham istiqbolli loyihalardan biri bo’ldi.
O’z navbatida, Italiya va tojikistonlik investorlar ishtirokida barpo etilgan umumiy maydoni 204,5 gektardan ortiq bo’lgan za’faron plantatsiyasi esa, za’faron ekish va yig‘im-terim davrida 32-35 mingga yaqin vaqtinchalik ish o‘rniga ega bo’gan loyiha sifatida mahalliy aholini ish bilan ta’minlashda yetakchi sanaladi.