June 27, 2022

Oliy Majlisi Senatida OAV vakillarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi

Joriy yilning 27-iyun kuni mamlakatimiz OAV vakillarining O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati binosiga tashrifi amalga oshirildi.

Mazkur esda qolarli tashrif davomida, OAV xodimlariga Senat Raisi Tanzila Narbayeva hamrohlik qilib, jurnalistlar bilan samimiy suhbatlashdi.

Shuningddek, Senat Raisi Tanzila Narbayeva bugungi sana munosabati bilan, Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarini qutlab, ularga iliq tilaklar bildirdi.

Tadbir so’ngida, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.