April 11, 2022
Toshkent shahar hokimi poytaxt mahallalarini o‘rganmoqda
Shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, hokim o‘rinbosarlari va boshqa mutasaddilar Mirobod tumanining Abdurauf Fitrat mahallasida o‘rganish ishlarini olib bordi.
O‘rganish jarayonida hududning infratuzilmasi, sanitar holati, obodonlashtirish ishlari hamda aholi uchun yaratilgan sharoitlar va fuqarolarning murojaatlariga e’tibor qaratilmoqda.
Shu yerning o‘zida Mirobod tumani aholisi uchun sayyor qabul ham tashkil qilindi. Unda fuqarolarning turli yo‘nalishdagi murojaatlari – davolanish uchun moddiy yordam, uy sharoitini yaxshilashga ko‘mak, tadbirkorlik va boshqa qator yo‘nalishdagi so‘rov va takliflari ko‘rib chiqilmoqda.