April 7, 2022

Shаxsiy brend vа biznes - Bu hali boshlanishi!

Kreativ g’oya, liderlik qobiliyati, ishonch va qat’iyatni o’zida mujassam etgan nafosat egalari ishtirokidagi, “Birinchi ayollar forumi” tavsilotlari bilan tanishing.

Xabaringiz bor, shu yilning 2-aprel kuni poytaxtimizning “Hilton” mehmonxonasida O‘zbekistonda Birinchi ayollar forumi o’tkazildi.

Forumning oliy maqsadi ayollarni qoʻllab-quvvatlash, shaxsiy brend ustida ishlash, kasbiy koʻnikma va malakalar bilan tanishtirish, shuningdek, hozirgi va boʻlgʻusi onalarni ragʻbatlantirishdan iborat bo’ldi.

Qayd etish joizki, ushbu forum ishbilarmon va tadbirkor ayollar uchun o'zlarining shaxsiy brendi va biznesi haqida eng muhim va qiziqarli ma'lumotlarni taqdim etish uchun foydali platformaga aylandi.

“MPA Creative Media Agency - Kreativ loyixalar tashkillashtirishda davom etadi”, deya ta’kidlamoqda tashkilotchilar.