June 2, 2022

"O'zbekiston uchun kerakli loyiha bo'libti" - Kamran Gulamov

Xabaringiz bor, Bright Uzbekistan jurnalining ilk soni bosh homiysi Akfa Group bugungi kunda yurtimizda qator sohalarda keng islohotlar olib bormoqda. Kompaniya rahbari Kamran Gulamovga jurnalning ilk soni tadqim etildi.

Davron Adbullaev boshchiligidagi Bright Uzbekistan jamoasi Akfa Group kompaniyasining yangi Visitors Center majmuasiga tashrif buyurdi va kompaniya rahbari Kamran Gulamov bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuv davomida Kamran Gulamov "Visitors Center" majmuasini tanishtirar ekan, so'nggi yillarda Akfa Group erishgan yutuqlari, yangi yo'nalishlari va istiqbolli rejalari haqida bayon etdi.

Tashrif so'nggida Bright Uzbekistan loyihasi asoschisi Davron Abdullaev jurnalning ilk sonini taqdim etdi va kelgusi son rejalari haqida ma'lumotlar bilan bo'lishdi. Kamran Gulamov loyiha haqida iliq fikrlarini bildirib, hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish haqida so'z olib bordi.