Innoprom ko'rgazmasi qatnashchilari o'z taassurotlari bilan bo'lishdilar
Yirik xalqaro platforma - "Innoprom. Markaziy Osiyo" ko'rgazmasi o'z yakuniga yetdi va Bright Uzbekistan jamoasi, qatnashchilar bilan muloqot qilib ularning fikrlari va natijalari bilan tanishdilar.
Ko‘rgazma o‘z ishini 25 dan 27 aprelga qadar davom ettirdi. Uning dasturi doirasida yangi texnologiyalarni joriy qilish, hududiy sanoat siyosatini muvofiqlashtirish va amalga oshirish, sanoat rivojlanishini rag‘batlantirish, shahar muhitini yaxshilash, ishlab chiqarish, raqamlashtirish va avtomatlashtirish yo‘nalishlarida kooperatsiya mexanizmlarini shakllantirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun innovatsion moliyaviy mahsulotlar joriy qilish, shuningdek, mintaqa mamlakatlari o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning tajriba va tasdiqlangan amaliyotlari almashinuvi borasida xalqaro hamkorlik masalalarini muhokama qilishga bag‘ishlangan panel munozaralari va alohida mavzular bo‘yicha sessiyalar bo‘lib o'tdi.
Xalqaro ko‘rgazma doirasida O‘zbekistonning turli tarmoqlarining investitsiyaviy va sanoat salohiyatining taqdimotlari, sanoat ishlab chiqarish va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlikning asosiy masalalarini qamrab olgan o‘quv sessiyalari va boshqa tadbirlar, shuningdek B2B aloqalar birjasi tashkil etildi.