O'zbekistondagi ilk mebel eksport markazining ochilishi
Joriy yilning 7-iyun kuni ''Buyuk" mebel eksport markazining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o'rinbosari Aziz Voyitov, Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari Mirvohid Azimov va Savdo Sanoat palatasi raisi Davron Vaxobov qatnashdilar.
Markazning maqsadi O'zbekiston mebel eksportyorlarini bir joyga jamlash, tashqi bozorni qamrab olish va aholi uchun qulaylik yaratishdan iborat.
Ma'lumot uchun, 2022-yilning dastlabki ikki oyida Oʻzbekiston 14 ta xorijiy davlatlarga qiymati 1,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan mebel mahsulotlarini eksport qilgan. Mebel mahsulotlari eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,1 mln. AQSH dollariga oshgan.
Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-fevral oylarida eng koʻp mebel mahsulotlarini eksport qilgan davlatlar: