O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida birinchi raqamli TIR transporti
Joriy yilning 18 - mart kuni O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida Turkiy davlatlar tashkiloti va Xalqaro avtomobil transporti ittifoqi ko‘magida birinchi raqamli TIR yuk tashishga bag'ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tashkilotning oʻtgan yilning noyabr oyida Istanbul shahrida boʻlib oʻtgan 8-sammitining yakuniy deklaratsiyasida davlat rahbarlari tegishli davlat organlariga Transkaspiy xalqaro “Sharq-Gʻarbiy” yoʻlagini yanada samaraliroq yoʻnalishga aylantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishni davom ettirish boʻyicha topshiriq bergan edilar.
Shu maqsadda davlat rahbarlari bojxona va transport tartib-taomillarini, jumladan, raqamli tizimlarni joriy etish orqali soddalashtirishga chaqirdilar.
Shu nuqtai nazardan ular Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida ATC doirasida raqamli TIR sinov loyihalarini ishga tushirish va 2021-yil 29-iyundan 1-iyulgacha Toshkent shahrida Qirg‘izistonlik bojxona mutaxassislari uchun seminar o‘tkazish bo‘yicha sa’y-harakatlarini yuqori baholadilar.
Transport va tranzit tartib-qoidalarini raqamlashtirish bo‘yicha vazifalar mamlakatlarimiz Prezidentlari tomonidan Istanbul sammiti davomida qabul qilingan “Turk dunyosining qarashlari – 2040” strategik hujjatida ham o‘z ifodasini topgan.