February 14, 2022
EXPO 2020 DUBAI - O’zbekiston milliy taomlar haftaligi
"TOP BUSINESS" jurnalining maxsus soni xalqaro maydonda taqdim etildi.
Bright Uzbekistan loyihasi a’zolari “EXPO 2020 DUBAI” xalqaro ko’rgazmasi doirasida tashkil etilgan “O’zbekiston milliy taomlar haftaligi”da ishtirok etib “TOP BUSINESS” jurnalining maxsus sonini keng ommaga taqdim etdilar.
Ayni damda, BAAning Dubay shahrida bo'lib o'tayotgan "EXPO 2020 DUBAI” xalqaro ko'rgazmasining O'zbekiston pavilionida “O’zbekiston milliy taomlar haftaligi" bo'lib o'tmoqda.
Ushbu tadbirda 192 nafar davlatdan tashrif buyurgan delegatsiya a’zolari, ko’plab tadbirkorlar va turistlar o’zbek milliy taomlarining turlari, tayyorlanish usullari va lazzatli ta’midan baxramand bo’ldilar.