Biznes - imkoniyatlardan foylanishdan qo'rqmaslik evaziga mukofot olish demakdir
Akfa Universitetining Biznes Fakultetida ayni damda 200 nafarga yaqin talaba bakalavr dasturida taqsil olmoqda. 2022-yilning sentabridan esa Biznes Boshqaruvi bo’yicha magistratura (MBA) dasturini yo’lga qo’yish rejalashtirilgan.
Akfa Universitetining Biznes Fakulteti bakalavr va magistratura dasturlarini tayyorlashda AQSh va Germaniyadagi ilg’or universitetlarning o’quv dasturlaridan andoza qilib olingan.
Akfa Universitetining Biznes Fakultetida 5 yo‘nalishdagi bakalavr dasturlari mavjud:
Moliya va Buxgalteriya;
Iqtisodiyot;
Startap boshqaruvi;
Xalqaro Biznes;
Raqamli Marketing
Akfa Universitetining Biznes Fakultetida dunyoning nufuzli universitetlari (Harvard, Cambridge, Cornell)da ta’lim olgan va tadqiqotlar o’tkazgan, shuningdek Germaniya va Koreyada professorlik lavozimlarida ishlagan o’qituvchilar ta’lim beradilar.