So'nggi lahzada imzolangan hamkorlik hosili
Bright Uzbekistan loyihasi doirasida qator yirik tashkilotlar va holdinglar bilan hamkorliklar yo'lga qo'yilgan, ana shunday kompaniyalardan biri, 84 yillik tajribaga "Uzmetallsavdo" kompaniyasi rahbari Husniddin Islamovga jurnalning ilk soni topshirildi.
Uchrashuv davomida loyiha asoschisi Davron Abdullaev, jurnalning kelgusi sonlari, loyiha istiqbollari va rejalari haqida so'zladi. Shu o'rinda, ushbu hamkorlik, jurnalning birinchi sonida so'nggi imzolangan sermahsul hamkorliklardan biri ekanligi qayd etildi.
Ma'lumot o'rnida, 1938-yilda o’z faoliyatini boshlagan Uzmetallsavdo kompaniyasining asosiy faoliyati O‘zbekiston Respublikasining eng muhim obyektlarini qurilish jarayonida, milliy iqtisodiyotning mashinasozlik, energetika, neft-gaz, kimyo sanoati kabi tarmoqlaridagi ishlab chiqarish korxonalariga, hamda, kichik va o'rta biznes ehtiyojlari uchun keng turdagi qora metall mahsulotlarini yetkazib berishdan iborat.