July 30, 2022
"Moliya markazi bu yirik iqtisodiy klaster" - Yohen Biedermann
Avval xabar berganimizdek, Bright Uzbekistan loyihasining ikkinchi soni doirasida ilk intervyu bo'lib o'tdi va bu safargi mehmonimiz Xalqaro moliya markazlarining Jahon Alyansi boshqaruv direktori Doktor Yohen Biedermann.
Suhbat davomida Xalqaro moliya markazlari, ularning kelib chiqish tarixi hamda markazlarni jam qilgan Alyans haqida so'z bordi. Shu o'rinda Doktor Biedermann o'z tajribasiga tayangan holda yurtimizda Prezidentimiz tashabbuslari bilan, O'zbekiston Respublikasi Strategik Rivojlanish Agentligi tomonidan tashkil etilayotgan Toshkent Xalqaro Moliya Markazini raqobatbardosh bo'lishi uchun qanday qadamlarni bosib o'tishi kerakligi haqida so'z yuritdi.
Tez kunlarda intervyuning to'liq shaklini tomosha qilishingiz mumkin bo'ladi.