March 16, 2022

Birlashgan Arab Amirliklarida jahon politsiya sammiti bo'lib o'tmoqda

Joriy yilning 15 mart kuni EXPO 2020 ko'rgazmasida Dubay politsiyasi hamkorligida Jahon politsiya sammiti (World Police Summit) boshlandi.

Butun dunyodagi mutaxassislar Expo-2020 Dubay ko'rgazmasiga tashrif buyurishdi. Qat'iy protokollarga qaramasdan, tadbir kelajakdagi eng yaxshi politsiya texnologiyasini namoyish etdi. Ochilishga Dubayning valiahdi Shayx Hamdan ibn Muhammad Al Maktum tashrif buyurdi.

Ushbu sammitda "Inkas Vehicles LLC" kompaniyasi asoschis Ulugbekhon Maksumov ham ishtirok etdi.

"Inkas bunday muhim voqea ishtirokchisi bo'lishdan faxrlanadi!"- deya Ulugbekhon Maksumov o'zining rasmiy Instagram sahifasida ta'kidladi.