February 3, 2022

Davlat nazorati samaradorligini taʼminlashga oid yangi qonun qabul qilinadi

“Joriy yilda islohotlarning huquqiy poydevorini mustahkamlashga qaratilgan 20 dan ziyod qonun qabul qilish nazarda tutilgan, jumladan fuqarolar oʼzini oʼzi boshqarish organlari hamda mahalliy Kengashlar mavqeini mustahkamlash, davlat nazorati samaradorligini taʼminlash, energiya resurslaridan oqilona foydalanish kabi muhim yoʼnalishlarga oid 10 ga yaqin mutlaqo yangi qonun qabul qilish nazarda tutilgan.

Аyniqsa, hokim lavozimiga nomzodlarni ilgari surish tartibini qayta koʼrib chiqish, mahalliy Kengashlar hamda hokimlarning vakolatlarini aniq belgilash toʼgʼrisidagi qonunlar xalqimiz tomonidan kutilayotgan hujjatlardir", — Tanzila Narbayeva, Oliy Majlis Senati rasi.