April 15, 2022
Hokim aholi murojaatlarini o‘rganmoqda
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, hokim o‘rinbosarlari va boshqa mutasaddilar ayni paytda Yangihayot tumanining «Yorqin hayot» mahallasida tuman aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazmoqda.
Oilaviy sharoitni yaxshilash uchun daromadli ishga joylashish, davolanish va dori-darmon uchun moddiy yordam, uy sharoitini yaxshilashga ko‘mak, tadbirkorlikka oid takliflar va boshqa yo‘nalishlardagi qator murojaatlar sayyor qabulda hokim boshchiligidagi mas’ullar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilmoqda.