Turkiy tilli davlatlararo turizmning rivoji
Avval xabar qilganimizdek, joriy yilning 9-fevral kuni Samarqand shahrida Turkiy Davlatlar Tashkiloti delegatsiyasining ishchi guruhi ishtirokida forum bo’lib o’tdi.
Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo va kuzatuvchi davlat rahbarlarining 2021-yil 12-noyabrda Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan “Tabarruk ziyorat” loyihasi doirasida qo‘shma yo‘l xaritasini ishlab chiqish va “Qo‘qon Turkiy dunyo turizm poytaxti” maqomi orqali hamkorlikda hunarmadlar ko‘rgazmalari, etnosport musobaqalari hamda madaniy merosni saqlash va ta’mirlash kabi tadbirlarni tashkil etish tashabbuslari ilgari surilgan edi.
Tashabbuslarga binoan joriy yilning 9-10-fevral kunlari Samarqand shahrida Turkiy Davlatlar Tashkiloti delegatsiyasining ishchi guruhi ishtirokida forum bo’lib o’tdi.
Mazkur forumda Turkiya, Ozarbayjon, Qozog’iston, Qirg‘iziston, O’zbekiston va Vengriya davlatlari vakillari ishtirok etib “Tabarruk ziyorat” loyihasi hamda “Turkiy davlatlar o’rtasida turizmni rivojlantirish yo’l xaritasi”yuzasidan muzokaralar o’tkazdilar.
Shuningdek, forum doirasida tashkilotga a’zo va kuzatuvchi davlatlar o’rtasida turizm sohasida o’zaro hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan yig’ilish tashkil etilib unda, unda, xalqaro yarmarka, ko‘rgazmalar, festivallar, milliy sport musobaqalarini hamkorlikda o‘tkazish, O‘zbekistondagi xalqaro ilmiy markazlar va tashkilotga a’zo davlatlardagi ilmiy markazlar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari ishchi guruh tomonidan muhokama qilindi.