Erol O'zvar boshchiligidagi Turkiya delegatsiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
Aval xabar berganimizdek, Erol O‘zvar O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi qoshida tashkil etilgan Toshkent shahridagi TOBB Iqtisodiyot va Texnologiya Universitetiga tashrif buyurdi.
2020 - yilning 19 - fevral kuni Anqara shahrida O‘zbekiston-Turkiya strategik hamkorligining oliy darajadagi birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan va uning yakuni bo‘yicha Qo‘shma bayonot imzolangan.
Xususan, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Turkiya Savdo-sanoat palatalari ittifoqi “TOBB” qoshida Turkiya Iqtisodiyot va Texnologiya universitetining Toshkent filialini ochish to‘g‘risida Memorandum imzolandi. 2020-yil 29-avgust kuni Toshkent shahridagi Turkiyaning Iqtisodiyot va Texnologiya universitetining filialiga “Xalqaro biznes va tadbirkorlik” hamda “Elektron tijorat va texnologiyalarni boshqarish” yo‘nalishlari bo‘yicha birinchi kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi.