June 3, 2022

IV Yosh liderlar forumi o’tkazilmoqda

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 3 va 4-iyun kunlari Buxoro shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar yoshlari ishtirokida IV Yosh liderlar forumi o’tkazilmoqda.

Mazkur forumda:

  • Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Baag’dod Аmreyev;
  • Oʼzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori, senator Alisher Saʼdullayev;
  • Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov;
  • Turkiya Respublikasi Yoshlar va sport vaziri Mexmet Muxarrem;
  • Ozarbayjon Respublikasi Yoshlar va sport vaziri Gaibov Farid;
  • Qozogʼiston Аxborot va ijtimoiy rivojlanish vaziri Askar Umarov;
  • Qirgʼiziston Respublikasi Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vaziri Azamat Jumankulov;
  • Turkmaniston Sport va yoshlar siyosati vaziri Gulmirat Agamiradov va Vengriya inson resurslari boʼyicha vaziri Miklosh Kasler hamda sanʼat, maʼdaniyat, sport, biznes, fan, taʼlim va media sohasining koʼzga koʼringan vakillari ishtirok etmoqdalar.

Forum doirasida quyidagi amaliy ishlar amalga oshirilmoqda:

  • Oʼzbekiston Respublikasida yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilayotgan ishlar toʼgʼrisida hamda mamlakatning turizm salohiyatini xalqaro hamjamiyatda keng namoyish etish;
  • Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo va kuzatuvchi mamlakatlarning yoshlar siyosatiga masʼul davlat va nodavlat tashkilotlari rahbarlari bilan maslahat uchrashuvlari oʼtkazish hamda uchrashuv yakunida ikki va koʼp tomonlama hamkorlik kelishuvlari imzolash;
  • Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlarning eng ilgʼor yosh liderlari oʼrtasida tadbirkorlar, madaniyat, sanʼat, sport, media, ilm-fan sohalarida oʼzaro doimiy tajriba almashish maydoni yaratish;
  • Forum yakunida Turkiy davlatlar tashkilotining Yosh liderlar forumi rezolyutsiyasi imzolanadi.