December 23, 2022

Saudiyalik investor O'zbekistonda "yashil" vodorod zavodi quradi

Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi O'zbekistonda mavjud ammiak zavodi va tijorat maqsadlarida foydalanishning boshqa segmentlari uchun yiliga 3000 tonna "yashil" vodorod ishlab chiqaradigan korxona quradi. Ushbu zavod ACWA Power tomonidan quriladi va boshqariladi.

Bugun O'zbekiston va Saudiya Arabistoni tomonlarining yopiq muzokaralarida ACWA Power kompaniyasi O'zbekiston Respublikasi energetika vazirligi hamda investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi o'rtasida 10 milliard dollarlik investitsiya hamkorligi to'g'risidagi bitim doirasida O'zbekistonda "yashil" vodorod loyihalarini rivojlantirish bo'yicha "O'zkimyosanoat" davlat sherigi bilan eksklyuziv asosda investitsiya bitimi shartlarini kelishib oldi .

Ta'kidlanishicha, parallel ravishda ushbu qo'shma korxona keng ko'lamli integratsiyalashgan yashil ammiak zavodining texnik-iqtisodiy asoslarini birgalikda amalga oshiradi.

Ushbu loyihalarning maqsadi mamlakatning tabiiy gazga qaramligini kamaytirish, dekarbonizatsiya dasturiga katta hissa qo'shish va "yashil" vodorod sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini qo'llab-quvvatlashdir.