O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida B2B muzokaralar
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi rais o‘rinbosari J.Mamajanov va Tojikiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi rais o‘rinbosari M.Rustamova ishtrok etdi.
Qayd etish kerakki, Tojikiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibida yetakchi korxonalar tadbirkorlari bo‘lib, asosiy e’tibor o‘zbek korxonalari bilan uzoq muddatli va samarali hamkorlik qilishga qaratildi.
Tadbirda davlatimiz rahbari va hukumat tomonidan mamlakat iqtisodiyotida xususiy sektorning rolini oshirishga katta e’tibor qaratilayotgani, shu munosabat bilan investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, xususiy mulk va chet el kapitalini huquqiy himoya qilish mexanizmlarini kuchaytirish, shuningdek, ularning jadal va muvozanatli rivojlanishini ta’minlash uchun mamlakatning har bir mintaqasining tuman va shaharlari sharoitida foydalanilmagan yangi iqtisodiy zaxiralarni aniqlash, kolaversa soliq yukini kamaytirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar faol ishlab chiqilayotgani va amalga oshirilayotgani bir necha bor ta’kidlandi.
Ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida ishbilarmonlik hamkorligini yo‘lga qo‘yishning ustuvor yo‘nalishlari sanab o‘tildi.
Ular orasida sanoat sektori, farmatsevtika, qurilish, qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari mavjud.