$150 000 000 lik investitsion loyixa
Bright Uzbekistan jamoasi Poytaxtimizning diqqatga sazovor bo‘ladigan, Koç Construction kompaniyasi tomonidan qurilayotgan yangi “Piramit tower and Mall” loyihasi bilan hamda kompaniya rahbari Yusuf Sarikoc bilan yaqindan tanishdi.
Ushbu loyixa 150 000 000 $ lik investitsion loyixa bo‘lib turkiyaning Koç Construction kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda.
Mazkur kompaniya, 1969 yil Istanbulda Sefer Sarikoch tomonidan asos solingan “Koç Group” korxonasiga sho‘ba sifatida faoliyat yuritadi.
Xalqaro qurilish maydonida o‘z uslubi va o‘rniga ega bo‘lgan “Koç Construction” ko‘plab qo‘shni davlatlar shu jumladan O‘zbekiston bilan ham hamkorlik yo‘lida ildam qadam tashlab kelmoqda. Buyuk tarix va kreativ kelajak bunyodkori sanalayotgan mazkur kompaniya ayni damda Turkiya, O‘zbekiston, Turkmaniston va Rossiya davlatlarida o‘z ofislariga ega bo‘lib, Toshkent, Samarqand, Jizzax va Buxorodagi 15 turdagi qurilish ob’ektlarida 3500 dan ortiq xodim bilan o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.
Loyiha asoschilarining so‘ziga qaraganda, Piramit Tower and Mall yuqori investitsiya saloxiyatiga ega, zamonaviy texnologiyalar asosida barpo etilayotgan loyiha bo‘lib, o‘z xaridorlariga maksimal qulaylikni yaratadi.
Navbatdagi xamkorlik uchrashuvimiz yanada ma’lumotga boy bo‘lishi uchun, yarim asrlik tajribasi bilan xalqaro qurilish sektoridagi yetakchi kompaniyalardan biri bo‘lgan “Koç Construction” kompaniyasining rahbari Yusuf Sarikoc bilan suxbat qildik.