June 25, 2022

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari Prezident taʼlim muassasalari agentligi tomonidan taqdirlandilar

Bugun, 25-iyun kuni Prezident taʼlim muassasalari agentligi tomonidan “27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” munosabati bilan kichik tadbir tashkil etilib unda soha vakillarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Marosimda, Bright Uzbekistan xalqaro axborot portali ijodkorlari ham munosib taqdirlandilar.

Shu o’rinda loyihamiz a’zolari Prezident taʼlim muassasalari agentligi vakillariga e’tibor va e’tirof uchun o’z minnatdorchiliklarini bildiradilar!