O‘zbekistonda birinchi 140 xonali “robot-konsyerj”ga ega 4 yulduzli mehmonxona ishga tushirilidi
Joriy yilning 1- mart sanasida yangi 4 yulduzli “HotelInspira-STashkent” mehmonxonasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Bu O’zbekistondagi birinchi HIS.H.H. mehmonxonasi hisoblanadi. HIS.H.H. ning butun dunyo bo‘ylab faoliyat yuritayotgan obyektlar soni oltita davlatda 8 brend ostidagi 42 ta mehmonxonani tashkil etadi.
"HotelInspira-S Tashkent" nomi "Inspire" so'zidan kelib chiqgan bo'lib, "ilhomlantirish" degan ma'noni anglatadi, "-S" harfi esa qo’shimcha tarzda qo’shilgan bo’lib, kelajakda mehmonxonaning jadal va tez rivojlanishiga umid qilingan.
Bundan tashqari, mehmonxonaga kiraverishdagi asosiy zalda mehmonlarni O‘zbekistondagi birinchi “konsyerj roboti” kutib oladi. Shuningdek, u eng yaqin turistik joylar, restoranlar va mehmonxonalar haqida ma'lumot berishi mumkin bo’ladi.