O‘ZBEKISTONDA BIRINCHI AYOLLAR FORUMI O‘TKAZILDI
Joriy yilning 2 - aprel kuni ''Hilton'' Tashkent City mehmonxonasida O‘zbekistonda birinchi ayollar forumi bo‘lib o‘tdi.
Forumda muvaffaqiyatga erishgan ayollar, onalar, taniqli aktrisalar, o‘z tajribalariga ko‘ra, ishda ruhiy charchash, ishda diskriminatsiyaga uchragan mutaxassislar haqida so‘z yuritildi.
Forumning asosiy maqsadi ayollarni qoʻllab-quvvatlash, shaxsiy brend ustida ishlash, kasbiy koʻnikma va malakalar bilan tanishtirish, shu jumladan, hozirgi va boʻlgʻusi onalarni ragʻbatlantirishdan iborat.
Forumda quyidagi ma'ruzachilar so'zga chiqdilar:
- Nafosat Tojiboeva
MPA ijodiy media agentligi asoschisi
Xalqaro media tajribasiga ega shaxsiy brend biznes murabbiyi.
- Lola Zunnunova
Shukron Media asoschisi.
- Luiza Sharaxmetova
Mediva klinikasi
Biznes Akademiyasi asoschisi
- Yulduz Mavlyanova
LA SPOSE va Smart Kid loyihalari asoschisi.
Mabruka Boydadaeva
"Stylefromsistersuz" asoschisi
Forumda quyidagi mavzular muhokama qilindi:
- Muvaffaqiyatli biznes boshlash sirlari
- Shaxsiy brend tushunchalari
- Muvaffaqiyatli tadbirkorlarni o'rganish va tajribasi
- Shaxsiy brend va ommaviy axborot vositalari
- Ijtimoiy tarmoqlardan foydalangan holda qanday qilib o'z biznesingizni samarali boshqarish mumkin.
- Shaxsiy brend haqida gapirish vaqti keldi
- Shaxsiy brend tajribangiz asosida biznesni noldan qanday boshlash mumkin.
- Uzoq muddatli biznesni qurish
- Shaxsiy brendlar oilasi (qanday qilib muvaffaqiyatli biznes-blogger bo'lish mumkin)
Ushbu forum ishbilarmon va tadbirkor ayollar uchun o'zlarining shaxsiy brendi va biznesi haqida eng muhim va qiziqarli ma'lumotlarni taqdim etish uchun foydali platforma bo'ldi.