March 24, 2022

O'zbekiston-Saudiya ishbilarmonlar Kengashi majlisida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi

Avval xabar qilinganidek, O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari-investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzakov va Saudiya Arabistoni Qirolligi investitsiyalar vaziri Xalid Al – Falix raisligida O'zbekiston-Saudiya ishbilarmonlar Kengashining Majlisi bo'lib o'tdi.

Majlisda ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari rahbarlari ham ishtirok etdi.

Delegatsiyalar rahbarlari tomonidan turli darajadagi masalalarni ishlab chiqish va hal etishda o'zaro anglashuvning yuqori darajasi, shuningdek, ikki mamlakat vazirlik va idoralarining o'zaro manfaatli hamkorlikni izchil kengaytirishga qaratilgan muvofiqlashtirilgan harakatlari tufayli erishilgan ikki mamlakatning strategik, tizimli va ko'p qirrali hamkorligini jadallashtirishning sur'atlari qayd etildi.

Yig'ilish yakunida bir qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.