"250 000 000 dollarga yaqin ish rejasini amalga oshirdik " - Yusuf Sarikoc
Loyihamiz mehmoni, yarim asrlik tajribaga ega Koc Construction kompaniyasi rahbari Yusuf Sarikoc O'zbekistondagi faoliyat, murakkab loyihalar, katta daromad, investitsiya hamda raqobat haqida so'z yuritdi.
Bright Uzbekistan loyihasining yangi sonida ko'ring!
Xabaringiz bor, Bright Uzbekistan jamoasi qurilish sohasidagi ilg'or loyihalar muallifi hisoblangan Turkiyaning Koc Construction kompaniyasi rahbari Yusuf Sarikoc bilan suhbat qilgan edi.
Suhbat davomida biz kompaniya tarixi, loyihalari va kelajakdagi rejalari bilan yaqindan tanishdik. Yusuf Sarikoc bizning kuzatuvchilarimizga o'z biznes yuritish sirlari hamda oilaviy biznesni dunyo miqyosiga olib chiqishdagi ishlari haqida gapirib o'tdi.
Qolaversa, KOC Construction kompaniyasinig xozirgi kundagi mega loyihasi, Piramit Tower and Mall haqida ham so'z bordi.
Ushbu 185,000,000 dollarlik investitsion loyiha o'z ichiga qator afzalliklarni jam qilib, o'z xaridorlariga barcha qulayliklarni taqdim etadi.
Ma'lumot uchun: Koc Construction kompaniyasi yurtimizda 2019 yildan buyon faoliyat olib bormoqda va bizning ko'nglimizdan joy olgan bir qator qurilish loyihalarini amalga oshirib ulgurgan. Ular orasida shahrimiz markazlaridan birida barpo e’tilgan Hilton Tashkent City mehmonxonasi, Yangi O'zbekiston bog'i, Akfa universiteti, Prezident maktabi va boshqa bir qator zamonaviy inshootlar ayni mana shu yuqorida aytib o’tgan Koc Construction kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan.