March 18, 2022

"Toshkent viloyati hokimi kubogi 2022" Polo musobaqasining matbuot anjumani o’tkazildi

2022-yilning 19-mart kuni Polo sporti bo’yicha "Toshkent viloyati hokimi kubogi 2022" turniri bo’lib o’tishi munosabati bilan, shu yilning 17-mart kuni mazkur musobaqa yuzasidan matbuot anjumani o’tkazildi.

O’zbekiston Polo Federatsiyasi tomonidan tashkil etilayotgan musobaqaning matbuot anjumanida federatsiya rahbariyati, homiylar va musobaqada ishtirok etishi rejalashtirilgan terma jamoa vakillari qatnashdilar.