Vladimir Norov ShHT Bosh kotibi bilan uchrashdi
Uchrashuvda O‘zbekiston bilan ShHT o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi, O‘zbekistonning mazkur tashkilotga raisligiga alohida e’tibor qaratildi.
Ikki tomonlama muzokaralardan soʻng milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
O‘zbekistonning ShHTga raisligidagi tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
Tomonlar O‘zbekiston raisligida Tashkilotning 40 dan ortiq tadbirlari muvaffaqiyatli o‘tkazilayotganini ta’kidladilar, tashkiliy masalalar va joriy yilning may-sentyabr oylariga mo‘ljallangan oliy darajadagi uchrashuvlar kun tartibini muhokama qildilar.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan ShHT o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning holati va istiqbollari ham muhokama qilindi.
Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston tashabbusi bilan ShHT doirasidagi hamkorlikning yangi yoʻnalishlari yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ular uning kun tartibini zamonaviy voqelikni hisobga olgan holda boyitishga xizmat qilmoqda. Shu tariqa, ShHTga aʼzo davlatlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, qashshoqlikni qisqartirish masalalari boʻyicha ilk bor vazirlar yigʻilishlari, 17-may kuni esa Toshkent shahrida oʻsimliklar karantini boʻyicha masʼul idoralar rahbarlarining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtadi.