Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutining 2021- yil davomidagi faoliyati yakunlari
Joriy yilning 24 - yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining
ikkinchi binosida Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutining 2021 - yil davomidagi faoliyati yakunlariga bagʼishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.
Аnjumanda Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari, Konstitutsiyaviy sud va Oliy sud sudьyalari, Vazirlar Mahkamasi, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi xodimlari, Davlat boshqaruvi akademiyasi, Sudьyalar oliy maktabi, Bosh prokuratura Аkademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti professor-oʼqituvchilari, Oliy Majlis palatalari huzuridagi Yoshlar parlamentlari aʼzolari, Institut xodimlari hamda Institut qoshidagi “Yosh qonunshunoslar klubi” aʼzolari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Qonunchilik muammolari instituti direktori, professor F.Otaxonov oʼz maʼruzasida 2021 - yilda Institut tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumotlar berdi. Xususan, hisobot davrida Institut tomonidan Oliy Majlis palatalariga amaldagi qonunlar va qonun loyihalari yuzasidan 32 ta ilmiy xulosa, 7 ta Oliy Majlis palatalarining qarori loyihalari yuzasidan takliflar, 156 ta axborot-tahliliy maʼlumot, 12 ta chora-tadbirlar Dasturi loyihalari yuzasidan asoslantirilgan takliflar taqdim etilganligi; Institut tuzilmasida tashkil etilgan BMT oʼquv markazi tomonidan “Qonun ijodkorligi”, “Parlament nazorati” va “Mahalliy vakillik hokimiyati” mavzularida yuz nafardan ziyod yoshlar ishtirokida oʼquv mashgʼulotlari tashkil etilganligi; Institut tomonidan Toshkent, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlari va Qoraqalpogʼiston Respublikasida qonun loyihalari va amaldagi qonunlar boʼyicha jamoatchilik orasida ijtimoiy soʼrovlar oʼtkazilib, jamoatchilikning fikr va takliflari oʼrganilganligini taʼkidladi.