Ishbilarmonlar kengashining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Avval xabar berganimizdek joriy yilning 23 -mart kuni Toshkent shahridagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida O‘zbekiston-Saudiya ishbilarmonlar kengashining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi sarmoyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishning hal qiluvchi omili sifatida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash masalalari tadbirning asosiy mavzusi bo‘ldi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston-Saudiya ishbilarmonlar kengashi, o‘z navbatida, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida yaqin, to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik qilish, savdo-iqtisodiy, nnovatsion, ilmiy-texnikaviy hamda sarmoyaviy hamkorlik aloqalarni yanada chuqurlashtirish va kengaytirishga qaratilgan ko‘plab qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.
Tadbir davomida tegishli tashkilotlar vakillari O‘zbekiston va Saudiya Arabistonining sarmoyaviy salohiyati, turli sohalardagi hamkorlik uchun mavjud imkoniyatlari bilan tanishtirdi.
Uchrashuv davomida ochiq muloqotlar o‘tkazilib, ikki tomonlama hamkorlikning keyingi istiqbollari muhokama qilinib, O‘zbekistonda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida investitsion loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.